Otabek Umarov aralash jang san’ati assotsiatsiyasining maqsadi haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv Otabek Umarov
Glava Assotsiatsii smeshannix boyevix iskusstv Otabek Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda GFS 20 aralash yakkakurash bo‘yicha turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Otabek Umarov respublikada yangi ochilgan aralash jang san’ati assotsiatsiyasining maqsadida haqida so‘zladi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonda aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarov assotsiatsiyaning asosiy maqsadi haqida gapirdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Bunday mazali taomlarni hech qayerda tanovul qilmaganman - Habib Nurmagomedov

Bugun Toshkentda GFS 20 aralash yakkakurash bo‘yicha turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov va O‘zbekistonda aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarov ishtirok etmoqda.

“Asosiy maqsadimiz – taklifimizni qabul qilib GFS 20 chi yubiley musobaqasini Toshkentda o‘tkazishga rozi bo‘lishgandi. Bu albatta, boshlanishi. Dunyo miqyosiga o‘zimizning sportchilarimizni ko‘tarish, tajribasi kuchli bo‘lgan chet el murabbiylarini taklif qilib, ular bilan birgalikda maslahatlashgan holda shu sportni rivojlantirmoqchimiz.

Albatta bu birinchisi, keyingi yilga rejalarimiz - yurtimizda yig‘inlarni o‘tkazish, har bir viloyatlarda yaxshi sportchilarni yetishtirish, kelajakda dunyo arenalarida qatnashish va ularni bu yerga jalb qilish - respublikada yirik musabaqalarni o‘tkazishga harakat qilamiz”, - deb ta’kidladi Otabek Umarov.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Umarov aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari etib saylangandi.

Yangiliklar lentasi
0