Dog‘istonlik kurashchi 2020-yil boshida ilk marotaba O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishI Yevropeyskie igri. Volnaya borba. Mujchini. Perviy den
I Yevropeyskie igri. Volnaya borba. Mujchini. Perviy den - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkin kurash bo‘yicha Yevropa chempioni dog‘istonlik Ilyas Bekbulatov 2020-yildan O‘zbekiston sharafini himoya qilishga kirishadi.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Erkin kurash bo‘yicha dog‘istonlik sportchi Ilyas Bekbulatov 2020 yilda xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda Dog‘iston kurash sporti sayti xabar qilmoqda.

Kurashchi 2020-yil 15-18 yanvar kunlari Italiyada bo‘lib o‘tadigan “Matteo Pellikone” xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Ilyas Bekbulatov v poyedinke za bronzovuyu medal na sorevnovaniyax po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 65kg na I Yevropeyskix igrax v Baku. - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli dog‘istonlik kurashchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Ilgari Ilyas Bekbulatov Rossiya jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Yaqinda u fuqaroligini o‘zgartirgan edi.

“Men O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qilishni rejalashtirapman. Ushbu jamoa vakillari Qozog‘istondagi jahon chempionatidan so‘ng menga murojjat qilishgan edi. Mening transferim dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak, shuning uchun yanvar oyidanoq O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qilishga umid qilmoqdaman ”, - degan kurashchi.

Sortchi 2017-yilda Yevropa chempionatida 65 kilogrammgacha vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan, 2018-yilda esa kumush medalga sohib chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0