22:19 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
59720

UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov oʻzbekistonlik yoshlariga oʻzlariga ishonish va gʻalabalarga intilishni tiladi. Uning soʻzlariga koʻra, faqat oilasining gʻayrati va yordami muvaffaqiyatga olib keldi.

Toshkentda ilk bor GFC musobaqasi oʻtkazildi. UFC chempioni Habib Nurmagomedov sport musobaqasining tashkilotchilardan biri va faxriy mehmoni boʻldi.

Tunislik Aladdin bin Xalima oʻzbekistonlik Muzaffar Rajabovga qarshi.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Janglardan soʻng, Nurmagomedov oʻzbekistonliklarga samimiy mehmondoʻstligi, tashkilotchilarga – musobaqa tashkilashtirish uchun yordami, ishtirokchilarga esa – gʻalaba qozonish istagi uchun minnnatdorchilik bildirdi.

“Men rostini aytsam, bir oz shok holatidaman. 2012 yildan beri ishtirok etaman, MMA boshqa turnirlar bilan solishtirishim mumkin. Bugun sportchilar tomonidan namoyish qilingan mahorat  UFC’da koʻrganlarimdan past emas. Tashkilotchilarga, birinchi navbatda mamlakat rahbariyati ushbu sport turini qoʻllab-quvvatlaganliklari uchun, alohida aralash sanʼat jang assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarovga minnatdorchilik bildiraman. Har bir mamlakatning oʻz chempionlari va qahramonlari boʻlishi kerak va buning uchun shunga oʻxshash musobaqalar tashkil etiladi”, - deb taʼkidladi Habib Nurmagomedov.

U Oʻzbekiston yoshlariga gʻalabalar tilab, kelajakdagi barcha jangchilarni astoydil mashq qilishga va oʻz kuchlariga ishonishga chaqirdi. U faqat oilasi va doʻstlari, doimiy mashgʻulotlar unga dunyoni zabt etishga va chempion boʻlishga yordam berganini misol tariqasida keltirdi.

Toshkentdagi birinchi GFC oqshomida 12 ta jang oʻtkazildi. Oʻzbekiston sharfini 7 nafar jangchi himoya qildi, ulardan besh nafari gʻalaba qozondi. Habib Nurmagomedov amakisining oʻgʻli – Umar ham chempionlik kamarini himoya qildi. U birinchi raundda argentinalik raqibini magʻlub etdi. Endi yosh jangchi oʻz faoliyatini UFC’da davom ettiradi.

Xabib Nurmagomedov: kto mog podumat, chto paren s gor Dagestana pokorit Ameriku

Asosiy mavzular