08:10 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Sport
Havola olish
15110

“Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

“2020 yildan boshlab 5 mart kuni “Sport kuni” deb eʼlon qilinsin”,- deyilgan hujjatda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar turli ommaviy tadbirlar, sport musobaqalar, festivallar, marafonlar va boshqa tadbirlarni mos tarzda, tantanali ravishda oʻtkazishni taʼminlashi belgilangan.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalariga “Sport kuni”ni nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.

Hujjatga jismoniy tarbiya va sportni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi va 2020 yilda amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi ilova qilingan.

Hujjat 7 dekabrgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular