WADA Rossiyani xalqaro musobaqalardan 4-yilga chetlashtirish payida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya XV letnix Paralimpiyskix igr 2016 v Rio-de-Janeyro
Seremoniya otkritiya XV letnix Paralimpiyskix igr 2016 v Rio-de-Janeyro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bayrog‘i endi to‘rt yil davomida hech bir yirik musobaqalarda ko‘tarilishi mumkin emas. Buyog‘i nima bo‘ladi?

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan "uloqtirish" payiga tushdi.

Legkoatletka Anastasiya Svechnikova - Sputnik O‘zbekiston
Anastasiya Svechnikova: Rossiya sportchilari borasida qabul qilingan qaror nohaq

"Rossiya bayrog‘i har qanday yirik musobaqalarda to‘rt yil davomida ko‘tarilishi mumkin emas", - deyiladi xabarda.

Bunday choralar RUSADAning doping-namunalar manipulyatsiyasida gumonlanayotgani tufayli qo‘llanilmoqda. Sal oldin RUSADAni WADAga muvofiq kelish maqomidan mahrum etish bo‘yicha jarayon ishga tushirilgan, yakuniy qaror 9-dekabr kuni qabul qilinadi.

Endilikda, WADA rossiyalik sportchilarga xalqaro musobaqalarda Rossiya bayrog‘i ostida chiqish qilishni ta’qiqlashni talab qilmoqda. Turnirlarda ishtirok etishga faqatgina "toza", doping iste’mol qilishda qo‘lga tushmagan sportchilargagina ruxsat beriladi, shu bilan birga, ular neytral bayroq ostida va Rossiya madhiyasisiz chiqish qilishlari ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasi rasmiy shaxslariga ham to‘rt yil davomida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni ta’qiqlash tavsiyasi berilmoqda.

Rossiya o‘z hududida xalqaro turnirlarni o‘tkazish huquqidan ham mahrum etilishi mumkin.

Shuningdek WADA Rossiya antidoping agentligiga 2019-yil yanvar oyidan boshlab barcha harajatlarni to‘lash majburiyatini yuklamoqda va RUSADAni 100 ming dollar (barcha daromadning 10% miqdorida)ga jarimaga tortish tavsiyasini bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda yozgi Olimpiya o‘yinlari Tokioda, 20022-yilda esa qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0