“Paxtakor” stadionini nima kutmoqda – klub javobi

© Sputnik / Papikyan / Mediabankka o‘tishStadion "Paxtakor"
Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil oxirida stadionni buzilishi boshlanishi kerak edi, ammo loyiha-qidiruv ishlari va uning qiymati tufayli sanani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. “Paxtakor” FK matbuot xizmati oxirgi o‘yin qachon o‘tkaziladi, yangi arenaning loyihasi yuzasidan izoh berdi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekistonda Toshkentdagi “Paxtakor” klubi stadioni buzilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Matbuotda stadion yopilgani va jamoa bu stadionda boshqa o‘ynamasligi haqida xabarlar ham tarqaldi.

Match pamati futbolnoy komandi Paxtakor-79 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi

Haqiqatda, "Paxtakor" klubining poytaxt "Bunyodkor" klubi bilan navbatdagi o‘yini 27-noyabrda raqib maydonida bo‘lib o‘tadi, ammo bu stadion butunlay yopilishini anglatmaydi.

Klub matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, yangi stadion yakuniy loyihasi va qaror hali qabul qilinmadi.

“Bu yilda uy o‘yinlari boshqa bo‘lmaydi, keyingi mavsumda hammasi reja bo‘yicha. Stadion buzilishi sanalari bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Ehtimol, “Paxtakor” o‘z maydonida o‘ynaydi - bu hayrlashuv o‘yini bo‘lmaydi. Baribir, yangi stadion bo‘ladi, qachon ish boshlanishi keyinroq ma’lum bo‘ladi”, - deb ma’lum qildi klub vakili.

Klub rahbariyati 2017-yilda eski "Paxtakor" stadionini buzish va zamonaviy majmua qurish rejalarini e’lon qilgandi. Yangi arena barcha zarur infratuzilma bilan jihozlangan va zamonaviy dunyo talablariga javob berishi kerak.

O‘sha vaqtda futbol klubida 80 foiz ulushni olgan SFI Management Group kompaniyasi xorijiy dizaynerlar tomonidan yaratilgan dastlabki loyihalarni ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingandi. Loyiha-qidiruv ishlari va uning qiymati tufayli qurilish boshlanishi qoldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0