Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRavshan Irmatov
Ravshan Irmatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik eng mashhur futbol hakami - Ravshan Ermatov o‘zining 17-yillik faoliyatini rasman yakunladi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Ravshan Ermatov o‘zining FIFAdagi hakamlik faoliyatini rasman yakunladi, deb xabar qilmoqda Futbolium telegram kanali.

© XabarZnamenitiy uzbekskiy arbitr Ravshan Irmatov zavershil karyeru
Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi - Sputnik O‘zbekiston
Znamenitiy uzbekskiy arbitr Ravshan Irmatov zavershil karyeru

OFKda ushbu voqeaga bag‘ishlangan rasmiy qutlov marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda so‘zga chiqqan Ravshan Ermatov  Osiyo futbol konfederatsiyasida 17 mavsum davomida faoliyat yuritish unga ulkan sharaf bo‘lganini hamda Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to‘rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida ishlash unda yorqin xotiralar qoldirganini aytib o‘tdi.

“Men Osiyo futbol oilasining a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Endi estafetani yosh kasbdoshlarimga topshirish vaqti keldi. Ishonchim komilki, ular o‘z oldiga eng oliy maqsadlarni qo‘ygan holda, yuqori cho‘qqilarga intiladi”, — dedi Ermatov tantanali marosimda.

Ravshan Ermatovga bir necha o‘ziga xos rekordlar sohibidir. Xususan u 2010-yilda JARda bo‘lib o‘tgan JChda eng yosh sudya, 2018-yilda JCh o‘yinlarida eng ko‘p marotaba hakamlik qilgan sudya, OFK finalida eng ko‘p marotaba hakamlik qilgan sudya kabi unvonlarga sazovor bo‘lgan edi.

Ayni damda Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assossiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ham ishlaydi. Shuningdek, Ermatov OFK hakamlar qo‘mitasi a’zosi sifatida Osiyoda futbol sudalari tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shadi. 

Yangiliklar lentasi
0