O‘zbekistonlik futbolchi qizlar CAFA g‘olibi bo‘ldi

© The Asian Football ConfederationJenskaya olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - pobeditel turnira CAFA v Tadjistane
Jenskaya olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - pobeditel turnira CAFA v Tadjistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik futbolchi qizlar Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan turnir g‘olibi bo‘lishdi.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” futbol musobaqasida o‘zbekistonlik futbolchi qizlar besh o‘yindan beshtasida g‘alaba qozonib chempionlik kubogini qo‘lga kiritishdi.  

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi chempionlik unvonini muddatidan avval qo‘lga kiritiishgan edi. So‘nggi o‘yin mezbon Tojikiston jamoasiga qarshi o‘tkazildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahsda futbolchi qizlarimiz raqibalari darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘zbekistonlik futbolchi qizlar 5ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 29 ta javobsiz gol urdilar. Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb o‘zbekistonlik Umida Zoirovaga tan olindi.

O‘FA xabariga asosan

Yangiliklar lentasi
0