23:14 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
106810

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Toshkentga tashrifi davomida oʻzbekistonlik hakam Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Toshkentga tashrifi davomida birgalikda futbolni rivojlantirishni taklif qildi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Rustam Emomali tashrifining ikkinchi kuni Toshkentdagi Milliy stadionga borgan.

Delegatsiya aʼzolari stadiondagi sharoitlarni koʻzdan kechirish davomida futbolchilar va tomoshabinlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi.

Rustam Emomali stadiondagi "Futbol tarixi" muzeyida boʻlib, oʻzbekistonlik hakam Ravshan Ermatov bilan uchrashgan.

Ravshan Ermatov podaril Rustamu Emomali svoi kartochki
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Ravshan Ermatov Rustam Emomaliga oʻz kartochkalarini sovgʻa qildi

Samimiy ruhda oʻtgan suhbat jarayonidan unga 7- raqamli futbolka va Ravshan Ermatovning dastxati tushirilgan sariq va qizil kartochkalar sovgʻa qilingan.

“Oʻzaro muloqot davomida Rustami Emomali Osiyo davlatlari orasida futbolni yanada rivojlantirish, Markaziy Osiyo futbol jamoalari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish fikrini bildirdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, tojikistonlik delegatsiya aʼzolari Uchtepa tumanidagi “Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik” MCHJga qarashli boʻlgan Issiqxona majmuasi bilan ham tanishgan.

Xabarda joriy yilda 500 mingdan ziyod gullar Tojikistonga yetkazib berilgani va bu oʻsimliklar bugungi kunda Dushanbe shahrini bezab turgani qoʻshimcha qilingan.

Rustam Emomali 2019 yilning aprel oyidan buyon Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasining prezidenti hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha

Rustam Emomaliga Tashkent City᾽ni koʻrsatishdi
Mirziyoyev Rustam Emomalini qabul qildi
Toshkent va Dushanbe munosabatlarni yanada rivojlantiradi
Teglar:
Ravshan Ermatov, Rustam Emomali, Toshkent, Dushanbe, futbol

Asosiy mavzular