10:34 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Sport
Havola olish
121 0 0

Temur Kapadze Oʻzbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Temur Kapadze Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda OʻFA xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Temur Kapadze Oʻzbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

Yoshlarning ushbu chempionatgacha boʻlgan tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan. Unga koʻra U-19 termasi tayyorgarlik jarayoni sanasi Oʻzbekiston MTJning FIFA kunlari doirasidagi taqvimi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelmaydi. Shu sababli, Temur Kapadze milliy jamoada ham bosh murabbiy yordamchisi sifatidagi faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Avvalroq U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda oʻzlarini noprofessional tarzda tutganliklari uchun OʻFA Ijroqoʻmi Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek Gʻulomxoʻjayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish boʻyicha qaror chiqargan edi.

Asosiy mavzular