12:34 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Sport
Havola olish
80 0 0

Tayekvondo boʻyicha ushbu musobaqaning finaliga chiqqan sportchilar Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Bugun Moskvada taekvondo boʻyicha yakuniy Gran-pri musobaqasi boshlanadi. Unda 2 nafar oʻzbekistonlik sportchilar ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi.

Jahonning eng kuchli taekvondochilari ishtirok etadigan ushbu musobaqada oʻzbekistonlik 2 nafar sportchi ham bor: Nikita Rafalovich (-80 kg) va Nigora Tursunqulova (-67 kg). 

Saralash bosqichida Nikita Rafalovich avstraliyalik Jek Martonga qarshi kurashadi. Ushbu jangda gʻolib boʻlgan taekvondochi keyingi bosqichda Aron Kuk (Moldova) va Raul Martines Garsiya (Ispaniya) juftligi gʻolibi bilan toʻqnash keladi.

Nigora Tursunqulova esa 1/8 finalda xorvatiyalik Matea Yelich bilan toʻqnash keladi. Bu juftlik gʻolibasi Milena Titoneli (Braziliya)va Lauren Uilyams (Buyuk Britaniya) jangi gʻolibasi bilan yarim final uchun kurashadi.

Taʼkidlash joiz, mazkur Gran-pridan soʻng Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini yigʻish toʻxtatiladi va har bir vazn toifasida eng koʻp ball toʻplagan eng kuchli 5 nafar taekvondochi Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma oladi. Bu borada Nikita Rafalovichda yaxshigina imkoniyat mavjud. Hamyurtimiz ayni paytda reytingning toʻrtinchi pogʻonasida turibdi.

Mazkur musobaqada yurtdoshimiz yarim final bosqichiga yetib bora olsa, juda katta ehtimolda Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasini naqd qilib qoʻyadi, deyilgan qoʻmita xabarida.  

Asosiy mavzular