11:53 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Sport
Havola olish
133 0 0

2021 yil 1 yanvardan boshlab futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Oʻzbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (selektsiya) tizimini takomillashtirish, yetakchi futbol klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish kabilar shular jumlasidandir.

Farmonga muvofiq, bolalar-oʻsmirlar futbol maktablari negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tegishli taʼlim muassasalarida sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni taʼminlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimi joriy etiladi.

Farmonga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab  futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

2020 yil 1 iyunga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Ularda bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi, ushbu faoliyatni davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishi kabilar nazarda tutiladi.

Asosiy mavzular