Mahmud Murodov amerikalik raqibini yer tishlatdi – video

© Facebook / Makhmud "Mach" MuradovMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazdi. U uchinchi raundda raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazdi va uni nokaut holatiga tushirdi. Jang Vashingtondagi musobaqa doirasida bo‘lib o‘tdi.

Oktagonga ko‘tarilgan Murodov raqibini so‘nggi uchinchi raundda chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jangdan so‘ng Murodov muxlislariga videomurojaat yo‘lladi va unda ushbu g‘alabasini O‘zbekistonga xalqiga va prezidentga bag‘ishlashini aytdi. Shuningdek, u uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.

38 yoshli amerikalik Trevor Smit UFC’da 11 ta jang o‘tkazgan. Ulardan 5 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi debut jangini italiyalik Alessio di Kirikoga qarshi o‘tkazib, ustunlikka erishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0