19:15 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Sport
Havola olish
677 0 0

Usmonov Butunjahon antidoping agentligi rahbariga ochiq maktub yozdi. Maktub nusxasi Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidentiga yoʻllangan.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Ishbilarmon, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilmagan rosssiyalik sportchilarni himoya qildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar qilmoqda.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) rahbariga Kreyg Ridiga yoʻllangan maktubda Usmonov barcha sportchilarning oʻz bayrogʻi ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan ehtimoliy chetlatilishini qoralagan. Maktub nusxasi Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Baxga yuborilgan.

Usmonov “dopingga qarshi ayovsiz kurash sudsiz jazolashga va bitta oʻsha qoidabuzarlik uchun yangi santsiyalar qoʻllanishiga aylanmasligini” maʼlum qilgan.

“Aybdorlarni jazolash aybsizlarni oddiy insoniy huquqlaridan mahrum qilmasligi lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqish va kamsitish va asossiz cheklovlarsiz toza rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini taʼminlashni taklif qilaman”, - deb yozgan Usmonov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani toʻrt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan chetlashishni tavsiya qilgani xabar qilingan edi.

WADA ijroiya qoʻmitasi yakuniy qarorni 9 dekabrda qabul qilishi kerak.

Mavzu boʻyicha

WADA Rossiyani xalqaro musobaqalardan 4 yilga chetlashtirish payida
Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi
Teglar:
WADA, Alisher Usmonov, sport

Asosiy mavzular