10:34 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Sport
Havola olish
494 0 0

Dastlab Ispaniyaning "Sevilya" klubi endi esa Frantsiyaning "Lion" klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Transfermarket Shomurodovni bugungi kunda 2,5 million yevroga baholamoqda.

TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Frantsiyaning “Lion” klubi kecha Moskvada boʻlib oʻtgan “Spartak” – “Rostov” oʻyinida boʻlib, Shomurodovga baho berdi, deb xabar qilmoqda Betting insider klub ichidagi ishonchli manbaasiga asosan.

“Frantsiyaning “Lion” klubi vakillari “Rostov”ning va Oʻzbekiston terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Eldor Shomurodovning kechagi “Spartakka” qarshi boʻlgan oʻyinini tomosha qilishgan. Dastlab ushbu futbolchiga Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi ham qiziqish bildirgandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Rossiya premyer ligasining eng yaxshi hujumchilaridan biridir. Ayni damda u hujumchilar orasida 10ta gol va 5ta golga olib kelgan uzatma bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Undan tashqari Shomurodov 2019 yil ichida Oʻzbekiston termasi tarkibida ham 10ta gol urgan. Osiyo qitʼasida ham Eldor eng yaxshi hujumchilar orasida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ayni damda Shomurodov “Rostov” jamoasi bilan 5 yillik shartnoma asosida hamkorlik qilmoqda. Transfermarkt oʻzbekistonlik hujumchini 2,5 mln yevroga baholamoqda.

Asosiy mavzular