02:28 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sport
Havola olish
240 0 0

Rossiya terma jamoasi bokschilari Tokiodagi Olimpiya oʻyinlariga milliy bayroqsiz borishdan bosh tortishdi.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya terma jamoasi bokschilari Tokiodagi Olimpiya oʻyinlariga milliy bayroqsiz borishdan bosh tortishdi. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev RIA Novostiga maʼlum qildi.

“Bolalar sud orqali bayroq ostida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishni soʻrashmoqda. Hozir Rossiya Olimpiya qoʻmitasi va RUSADA harakatlarini kuzatish lozim, lekin oʻzimiz ham ushbu qaror ustidan shikoyat keltirish imkoniyatini tahlil qilamiz. <...> Biz uchun eng asosiysi, bokschilarmiz Rossiya bayrogʻi ostida ishtirok etishi va madhiyasiz yangrashidir. Bularsiz ishtirok etishning maʼnosi yoʻq”, - dedi Kremlev.

Shuningdek, u doping nafaqat Rossiyaning, balki butun jahon sportining muammosi ekanini aytdi. Unga koʻra, bunda mamlakatni emas, balki “aniq biror kishini yoki aniq bir federatsiyani” ayblash kerak.

Eslatib oʻtamiz, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qoʻmitasi Rossiyani yirik musobaqalarga ishtirok etish huquqidan 4 yilga mahrum qildi. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ushbu qarorni siyosiylashtirilgan deb atadi.

Mavzu boʻyicha

Putin WADAning Rossiyani chetlatish boʻyicha qarorini siyosiylashgan, deb atadi
Lavrov WADA᾽ning Rossiyani chetlatish tavsiyasiga munosabat bildirdi
WADA Rossiyani rasman musobaqalardan 4 yilga chetlashtirdi
Teglar:
Rossiya, boks, WADA, sport

Asosiy mavzular