13:47 20 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Sport
Havola olish
50710

UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonni nima uchun yoqmasligini aytdi. Nurmagomedov va Fergyuson oʻrtasida jang Nyu-Yorkda 18 aprelda Barclays Center arenasida oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Toni Fergyusonni nima uchun yoqmasligini aytdi.

“Toni juda yaxshi jangchi va men unga qarshi shaxsiy narsam yoʻq, lekin rostini aytsam, men uni yoqtirmayman. Men uning boshida nimalar boʻlayotganini tushunmayman, menga bu kerak kerak ham emas. Men boʻlajak jangga eʼtiborimni qarataman. Qafas yopilganda men har doimgidek ishimni bajaraman”, - RT sportchining soʻzlarini keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Nurmagomedov va Fergyuson oʻrtasida jang Nyu-Yorkda 18 aprelda Barclays Center arenasida oʻtkaziladi.

Nurmagomedov sentyabrda Abu-Dabida amerikalik jangchi Dastin Puaryeni magʻlubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Fergyuson iyun oyida oʻtkazgan oxirgi jangida Serron ustidan gʻalaba qozongandi. Fergyuson professional karyerasida 25 ta jangda gʻalaba qozongan boʻlsa, 3 ta jangda  magʻlubiyat alamini tortgan.

Nurmagomedov 28 ta jang oʻtkazgan boʻlsa, barchasida gʻalaba qozongan.

Asosiy mavzular