FIFA talabiga mos bo‘ladi: "Paxtakor" stadioni buzilishiga qarshilarga javob berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZriteli na stadione "Paxtakor"
Zriteli na stadione Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz avval "Paxtakor" stadion qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘liq homiylar hisobidan qoplanishi ma’lum qilingan edi

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati Toshkent shahrida joylashgan "Paxtakor" markaziy stadionining buzilishiga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bo‘layotgan e’tirozlarga javob berdi.

Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
“Paxtakor” stadionini nima kutmoqda – klub javobi

"Bu borada shuni ma’lum qilamizki, "Paxtakor" klubi rasmiy saytida stadionning aniq buzilish sanasi ma’lum emasligi haqida bayonot berilgan. Unga ko‘ra, ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda", - deyilgan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" klubi rasmiy saytida e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20 ga yaqin kompaniyalar o‘z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning eng so‘nggi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli yakuniy qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi, deya tushuntiradi vazirlik.

"Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi", deyiladi klub bayonotida.

Biroz avval "Paxtakor" futbol klubi matbuot xizmati bergan bayonotga ko‘ra, stadion qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘liq homiylar hisobidan qoplanishi ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0