O‘zbek bokschisi ukrainalik raqibini 99 soniyada nokaut qildi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaBokser Fazliddin Gaibnazarov
Bokser Fazliddin Gaibnazarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchi, professional boksda super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov ukrainalik raqibini 99 soniyada nokautga uchratdi.

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi, Olimpiada chempioni, professional boksda super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov 16-dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan professional boks turnirida ishtirok etdi.

Ushbu jangda Fazliddinga ukrainalik Vladislav Baranov raqiblik qildi. Ukrainalik bokschining jigariga berilgan kuchli zarba natijasida xizmatdoshimiz raqibini 99 soniyada nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kunga qadar prof ringda sakkizta jang o‘tkazib, ularning yettitasida g‘olib bo‘lgan. Bitta jangda (Maykl Foksga) esa mag‘lub bo‘lgan.

Baranov esa 13 ta jang o‘tkazib, ularning 6 tasida g‘alaba qozongan. 5 ta jangda esa mag‘lub bo‘lib, 2 ta bahsda durang qayd etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0