08:43 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Sport
Havola olish
449 0 0

Oʻzbekiston terma jamoasi va “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov “Tottenhem”, “Liverpul”ning mashhur yulduzlari bilan unvon uchun kurash olib boradi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” futbol klubining hujumchisi Eldor Shomurodov “Fox Sport Asia” nashrining qisqa roʻyxatidan oʻrin oldi va Osiyo-2019 eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurashadi. Bu haqda “Rostov” klubi matbuot xizmati xabar qildi.

Roʻyxatdan jami 24 nafar oʻyinchilar oʻrin olgan. Ular orasida Takumi Minamino (“Liverpul”), Son Xin Min (“Tottenhem”), Paulino (“Guanchjou Evergrand”, Xitoy) kabi mashhur futbolchilar va boshqalar bor.

Nomzodlarga Osiyoning yetakchi sport nashrlarining vakillari ovoz berishadi.

Taʼkidlanishicha, ushbu mukofot Osiyo futbol konfederentsiyasi tomonidan topshiriladigan Osiyoda Yil futbolchisi mukofoti bilan aloqasi yoʻq.

Mavzu boʻyicha

Eldor Shomurodov: baʼzan tortinchoqligim pand beradi
Rossiyalik sharhlovchi futbolchi Shomurodov toʻgʻrisidagi soʻzlarini izohladi
Shomurodovga Ispaniya futbol klublaridan biri qiziqmoqda
Teglar:
Eldor Shomurodov, futbol, sport

Asosiy mavzular