Bahodir Jalolov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi erkak sportchisi - federatsiya

© Federatsiya boksa UzbekistanaBaxodir Jalolov
Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bahodir Jalolov - 2016-yil Olimpiya o‘yinlari yarim finaliga chiqqan, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, 2015-yilda jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Bahodir Jalolov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi erkak sportchisi, deb xabar qildi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Baxodir Djalolov prinimayet pozdravleniya ot prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu

Og‘ir vaznli, professional-bokschisi Bahodir Jalolov - 2016-yil Olimpiya o‘yinlari yarim finaliga chiqqan, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, 2015-yilda jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Jalolov professional ringda o‘tkazgan barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yili Yekaterinburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida eng og‘ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etgan Bahodir Jalolov jahon chempioni bo‘ldi.

Jalolov janglardan birida amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushgan edi. Jalolov shifoxonada amerikalik bokschi holidan xabar olgandi. Bu holatni aks etgan video internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga asosan Jalolov “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0