O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2020-yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2020-yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jamoa chempionatga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazmoqda.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilar kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Qolaversa, yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Hozirga qadar terma jamoa BAA yig‘ini doirasida 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va uchala bahsda ham g‘alaba qozondi.

Jenskaya olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - pobeditel turnira CAFA v Tadjistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik futbolchi qizlar CAFA g‘olibi bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-yanvar sanasiga qadar Dubayda mashg‘ulotlar olib boradi. Bugun BAA 1-divizioni vakili – “Al Hamriya” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

So‘ngra terma jamoa 1-yanvarda Tailandga yo‘l oladi. Musobaqa oldidan yakuniy o‘rtoqlik o‘yini esa 3-yanvar kuni Bangkokda Qatar olimpiya termasiga qarshi o‘tkaziladi.

Qatar bilan o‘yindan keyin terma jamoa musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadigan Songxla shahriga yo‘l oladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qit’a chempionatidagi ishtirokini 9-yanvar kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi

Yangiliklar lentasi
0