18:08 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
324 0 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida oʻzining dastlabki uchrashuvini oʻtkazdi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan Osiyo chempionatida oʻzining dastlabki uchrashuvini oʻtkazdi. “S” guruhidan oʻrin olgan jamoa bu turda eronlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi boʻlimda raqibidan har tomonlama ustunlik qilgan Lyubinko Drulovich shogirdlari 40-daqiqada Islom Qobilovning penaltidan kiritgan goli evaziga tanaffusga kichik hisobdagi ustunlik bilan yoʻl olishdi.

Ikkinchi boʻlimda eronlik futbolchilar muvozanatni tiklay oldilar. Rizo Dehgʻoni 58-daqiqada oʻzbekistonliklar darvozasini ishgʻol qildi. Jamoalar har qancha harakat qilishmasin, uchrashuvda hisob boshqa oʻzgarmadi va jamoalar 1 ochkodan boʻlishib olishdi.

Shu tariqa Lyubinko Drulovich shogirdlari musobaqani durang bilan boshladi. Guruhning ikkinchi oʻyini Janubiy Koreya va Xitoy olimpiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular