15:23 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
425 0 0

Tailandda oʻtayotgan U-23 Osiyo chempionatining ikkinchi turida oʻzbekistonlik olimpiyachilar xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Bugun, 12 yanvar kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan U-23 Osiyo chempionatida ikkinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi. Ushbu turda oʻzbekistonlik olimpiyachilar xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi.

Oʻyin Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Terma jamoa ishtirokidagi mazkur uchrashuvni qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Songxla shahridagi soʻnggi oʻyinga Abdulrahmon Al-Jassim bosh hakam etib tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, dastlabki turda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan edi.

Teglar:
futbol

Asosiy mavzular