15:46 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
179 0 0

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, guruhda ikkinchi oʻringa chiqib oldi.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi, deb xabar qilmoqda OʻFA.

Birinchi taym oxirida Oʻzbekiston jamoasi Islomjon Qobilov amalga oshirgan jarima toʻpi hisobi evaziga oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi taym boshida Xitoy jamoasi xatosi tufayli raqib darvozasiga yana bir jarima toʻpi belgilangan edi, lekin Qobilovga dubl toʻp kiritish nasib etmadi.

Lekin 2-taym oxiriga kelib Oʻzbekiston jamoasi yana bir toʻp kiritishga muvaffaq boʻldi. Toʻxtasinov hisobni 2:0 qilishga muvaffaq boʻldi.

Igrok olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana U-23 Alidjonov v matche protiv komandы Kitaya
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Igrok olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana U-23 Alidjonov v matche protiv komandы Kitaya

Xitoy ustidan erishilgan gʻalaba tufayli Oʻzbekiston jamoasi guruhda ikkinchi oʻringa chiqib oldi va 4 ochko jamladi.

Ayni damda U-23 Osiyo chempionatida birinchi oʻrinda Janubiy Koreya 6 ochko bilan birinchi oʻrinda. Kecha koreyaliklar Eron ustidan 2:1 hisobida mashaqqatli gʻalabaga erishishdi.

Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichining eng soʻnggi oʻyinida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi Oʻzbekiston jamoasi Janubiy Koreya bilan uchrashadi.

Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana provela match protiv komandы Kitaya v ramkax vtorogo tura chempionata Azii U-23 po futbolu
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana provela match protiv komandы Kitaya v ramkax vtorogo tura chempionata Azii U-23 po futbolu

Asosiy mavzular