20:39 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Sport
Havola olish
138 0 0

Marius Vizer tashrifi davomida Toshketda 2021 yilda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatini oʻtkazish borasida shartnoma imzolanadi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqida Xalqaro dzyudo federatsiyasi raisi Oʻzbekistonga keldi. Bu haqida Sputnik muxbiri Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

“Marius Vizer tashrifidan maqsad - Oʻzbekiston hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish, ikki tomonlama Memorandum imzolash va eng muhimi 2021 yili kattalar oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon chempionati mezbonligini mamlakatimizga topshirishdan iboratdir”, - deyilgan xabarda.  

Navbatdagi jahon chempionati 2021 yili Toshkentda tashkil etish rejalashtirilmoqda. Musobaqa koʻp tarmoqli, muhtasham "Humo Arena"da oʻtkaziladi.

Ushbu nufuzli musobaqa mezbonligini Toshkentga berilishi oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq. Oʻtgan yili aynan "Humo Arena"da Toshkent Gran-prisi yuqori saviyada, muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazilgandi. Bunga ishtirokchi davlat rasmiy delegatlari, murabbiylar, sportchilar va tabiiyki IJF mutasaddilari ham ijobiy baho berishgan edi.

Marius Vizer 15 yanvar kuni soat 14:00dan boshlab Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida 2021 yilda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati hamda IJFning yillik Kongressini Toshkentda oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzolanadi. Keyin Xalqaro dzyudo federatsiyasining "Dzyudo maktablarda" dasturi yuzasidan Memorandumga imzo chekiladi. Shartnoma imzolanishida bizdan Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport hamda Xalq taʼlimi vazirliklari mutasaddilari ishtirok etishadi.

Shundan soʻng Marius Vizer ishtirokida matbuot anjumani oʻtkaziladi. Unda IJF prezidenti tadbirda hozir boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob beradi.

Asosiy mavzular