08:12 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
409 0 0

Tailanddagi futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik futbolchilar chorak final yoʻllanmasi uchun maydonga chiqishadi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Bugun, 15 yanvar kuni Tailandda oʻtayotgan futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatida 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi chorak final yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi

Oʻzbekistonlik futbolchilar uchinchi turda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Oʻyinni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da boshlanadi. Oʻzbekiston jamoasi oq rangli kiyimda harakat qilishadi.

Qayd etish joizki, ayni paytda Janubiy Koreya termasi 6 ochko bilan “S” guruhida yetakchilik qilmoqda va ular chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib boʻlishgan. Oʻzbekiston jamoasi esa 4 ochko bilan ikkinchi oʻrinda ketmoqda.

Eslatib oʻtamiz, birinchi oʻyinda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etgan edi. Ikkinchi oʻyinni Xitoyga qarshi oʻtkazib, 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishgan edi.

Asosiy mavzular