19:06 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Sport
Havola olish
66310

Oʻzbekiston futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatidagi chorak final yoʻllanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi kurash olib bordi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Tailandda oʻtayotgan futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatida 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi chorak final yoʻllanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi kurash olib bordi.

Oʻyinning 5-daqiqasida raqib oʻyinchisi Jeong Seungvon uchrashuvda hisobni ochishga erishdi. Qizgʻin kechgan bahsning 21-daqiqasida qanotdan uzatib berilgan toʻpni Bobir Abduxoliqov raqib darvozasiga joylab qoʻydi va hisob tenglashdi.

Ikkinchi boʻlimda Ox Sexun oʻzbektisonliklar darvozasini ishgʻol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa oʻyin raqiblarning foydasiga hal boʻldi.

Janubiy Koreya termasi 9 ochko bilan “S” guruhini birinchi oʻrinda yakunladi. Oʻzbekistonliklar esa 4 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab, chorak final ishtirokchisiga aylanishdi. Musobaqada Eron terma jamoasi ham 4 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Toʻplar nisbati borasidagi ustunlik Oʻzbekiston jamoasiga foyda berdi. Shu tariqa Xitoy va Eron termalari musobaqani shu nuqtada yakunlashdi.

Turnirnaya tablitsa gruppы S na molodejnom chempionate Azii po futbolu
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Turnirnaya tablitsa gruppы S na molodejnom chempionate Azii po futbolu

Asosiy mavzular