12:12 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Sport
Havola olish
279 0 0

Tegishli shartnoma Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizerning Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston 2021 yilgi kattalar oʻrtasida oʻtkaziladigan dzyudo boʻyicha Jahon chempionati mezmonlik qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tegishli shartnoma Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizerning Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

“Shu tariqa Toshkent oʻzbek sporti tarixida ilk bor dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan boʻldi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Marius Vizer xalqaro tashkilot musobaqa arafasida oʻzining navbatdagi Kongressini Toshkentda oʻtkazishni rejalashtirayotgani maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonning yana yigirmata umumtaʼlim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturi amalga oshirilishi va dastur boʻyicha joriy etilgan maktablar soni 40 taga yetishi xabar qilingan edi. Bitim Xalq taʼlimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan imzolangan.

Asosiy mavzular