01:17 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
350 0 0

Oʻzbekistonlik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidan soʻng trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishini xabar qildi.

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Oksana Chusovitina Tokio-2020 olimpiadasidan soʻng professional faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda uning oʻzi Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Trenirovka Oksanы Chusovitinoy
© Sputnik / Natsionalnыy olimpiyskiy komitet Uzbekistana

2019 yilning 24 iyul – 9 avgust kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda Oksana Chusovitina faoliyatida sakkizinchi marotaba  shunday nufuzli musobaqada ishtirok etadi. Qolaversa, u bu bilan u jahon rekordini yana bir marotaba yangilaydi.

2020 yilning 16 fevral kuni sportchi ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida sportchi Tokiodagi musobaqadan soʻng oʻz professional faoliyatini yakunlashini maʼlum qildi.

“Tokio-2020 olimpiadasidan keyin professional faoliyatimni yakunlayman, biroq bu mening sportni tark etishimni anglatmaydi. Men kelgusida oʻz maktabimni ochish va yillar davomida toʻplagan boy tajribamni yoshlarga oʻrgatish niyatidaman. Fursatdan foydalanib, oʻz maktabimni ochishga yaqindan yordam bergan Toshkent shahar hokimligiga ham minnatdorlik bildiraman, - deydi u.

Maʼlumot uchun, Tokio-2020 olimpiadasiga qadar Oksana Chusovitina 7ta nufuzli musobaqada ishtirok etishni rejalashtirgan. Ularning dastlabkisi fevral oyida AQShda oʻtkaziladi. Soʻng Jahon kubogi bosqichlari (10-16 mart, Boku, 16-22 mart Doxa)da ishtirok etadi.

 

 

Asosiy mavzular