01:02 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
93130

Tailandda oʻtayotgan futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida Oʻzbekiston BAA ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Tailandda oʻtayotgan futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida Oʻzbekiston BAAga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida hisob ochildi. Said Abdulla BAA jamoasini oldinga olib chiqishga erishdi.

Uch daqiqa oʻtib Ilhomjon Alijonov olis masofadan raqib darvozasini aniq ishgʻol qilishga muvaffaq boʻldi. 25-daqiqada hakam VARga murojaat qilgach, BAA darvozasi tomon penalti belgiladi. Islomjon Qobilov oʻzining aniq zarbasi bilan Oʻzbekiston jamoasi oldinga olib chiqdi. Oybek Bozorov oʻyinning 41 daqiqasidagi goli raqib ustidan ustunlikni oshirishga yordam berdi.

Jasurbek Yaxshiboyev uchrashuvning 86-daqiqasida chiroyli gol muallifiga aylandi jamoani yarim final sari yetakladi. Ushbu oʻyindagi beshinchi gol ajoyib hujum uyushtirgan Nurillo Toʻxtasinov hisobiga yozildi. Shu tariqa, Oʻzbekiston BAA jamoasi yer bilan yakson etib, yarim finalga chiqdi.

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 22 yanvar kuni final yoʻllanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Asosiy mavzular