00:09 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
517 0 0

Butunjahon boks kengashi(WBC) yangilangan reytingda 8 nafar oʻzbekistonlik bokschilarning nomi turli oʻrinlarda qayd etilgan.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Butunjahon boks kengashi(WBC) yangilangan reytingda 8 nafar oʻzbekistonlik bokschilarning nomi turli oʻrinlarda qayd etilgan.  

Qayd etilishicha, ayni vaqtda yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBO reytingida 8-oʻrinni egallagan.

Super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik Azizbek Abdugʻofurov oldingi pogʻonasini saqlab qolgan holda 2-oʻrinda bormoqda.

WBC tomonidan boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reyting tuzilib, unda  yana olti nafar oʻzbek bokschisining nomi eʼtirof etilgan.

Jumladan, super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) oʻtgan oydagidan ikki pogʻona yuqorilab 31-oʻrinni egallagan.

Birinchi oʻta yengil (-48,99 kg) vazn toifasi vakili Hasanboy Doʻsmatov oʻtgan oydagi kabi 34-oʻrinni, oʻta ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov 39-oʻrinni saqlab qolgan.

Super yengil vaznda WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa oʻtgan oydagi 40-oʻrnida qolgan.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram Gʻiyosov bir pogʻona pastlab, 22-oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, mazkur vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev yana ikki oʻrin pastlab, 32-pogʻonani egallagan.

Asosiy mavzular