01:25 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
994 0 0

Nurmagomedovning otasi Habib va Konor oʻrtasida revansh jangi uchun gonorar miqdorini maʼlum qildi. 18 yanvarda Las-Vegasda Konor Makgregor amerikalik Donald Serron ustidan gʻalaba qozondi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov revansh jang uchun gonorar miqdorini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Nurmagomedov otasi uning oʻgʻliga 100 million dollar toʻlangan taqdirda Habib va Konor revansh jang boʻlishi mumkin.

“Bizga ham Konor bilan revansh kerak, faqat 100 million dollar bering. Bilmayman, ehtimol Deyna Uayt jangni tashkil qiladi, agar unga shu jang kerak boʻlsa,” - dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

18 yanvarda Las-Vegasda Konor Makgregor amerikalik Donald Serronni magʻlubiyatga uchratdi. Konor jangning 40 soniyasida raqibini texnik nokautga uchratdi. Shundan keyin UFC prezidenti Deyna Uayt Habib Konor bilan revanshni oʻtkazishi kerakligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil 18 aprelda Nyu-Yorkda Nurmagomedov va Fergyuson jangi boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular