Karate bo‘yicha yosh sportchilar Parijga yo‘l oldi

© MinsportKaratisti poyexali v Parij za olimpiyskimi ochkami
Karatisti poyexali v Parij za olimpiyskimi ochkami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik olti nafar karatechi Parijdagi nufuzli musobaqada Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olishi mumkin.

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. Karate bo‘ycha 6 nafar sportchilar murabbiylar boshchiligida Fransiyaning Parij shahriga yo‘l olishdi. Bu haqda Sport vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 24-26 yanvar kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida karate bo‘yicha nufuzli "Premyer Liga" turniri o‘tkaziladi. Musobaqaning ahamiyatli jihati  Olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etshidir.

Unda ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik olti nafar karate bo‘yicha yosh sportchilar murabbiylari boshchiligida Parijga uchdi. Musobaqada ikki nafar o‘zbekistonlik vakil hakamlik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0