10:35 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
392 0 0

Tailandda oʻtayotgan futbol boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining yarim finalida Oʻzbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Bugun, 22 yanvar kuni Tailandda davom etayotgan futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatning yarim final uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Ulardan birida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Oʻzbekistonlik futbolchilar koʻk rangli libosda harakat qilishadi. Oʻyin Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadi.

Mazkur bahsni yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qayd etish joizki, mazkur bahs gʻolibi nafaqat turnir finali, balki Tokio-2020 Olimpiada yoʻllananmasiga ham ega boʻlishi bilan ahamiyatlidir.

Ikkinchi final yoʻllanmasi uchun Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashishadi.

Asosiy mavzular