Eldor Shomurodov “Rostov” bilan shartnomani uzaytirdi

© FK "Rostov""Rostov" prodlil kontrakt s Eldorom Shomurodovim
Rostov prodlil kontrakt s Eldorom Shomurodovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov klub bilan 5-yillik shartnoma imzoladi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Uch futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” futbol klubi bilan 5-yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda “Rostov” FK rasmiy saytida xabar qilindi.

“Uch nafar futbolchi “Rostov” bilan shartnomalarini uzaytirishdi. Jumladan, Eldor Shomurodov, Matias Normann va Danil Glebov klubi bilan yangi 5-yillik shartnomani imzolashdi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekistonda 2019-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0