01:27 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (112)
417 0 0

Joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks boʻyicha Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi musobaqa oʻtishi belgilangan edi.

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Boks boʻyicha Xitoyda oʻtadigan Tokio-2020 litsenzion turniri bekor qilindi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qitʼalari uchun boks boʻyicha Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi musobaqa oʻtishi belgilangan edi.

“Afsuski, ushbu hududda hayot uchun xavfli koronavirusning tarqalishi sabab litsenzion turnir bekor qilindi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi shafeligida oʻtadigan musobaqa qachon va qayerga koʻchirilishi borasida yangilik yaqin kunlar ichida eʼlon qilinadi.

Hozirda Oʻzbekiston terma jamoasi Uishan shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (112)

Asosiy mavzular