Murodjon Ahmadaliyev IBF va WBA chempioni unvoni uchun jang qiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev o‘zi va o‘zbek boksi uchun tarixiy hodisadan bir qadamda. Uni amaldagi chempion Deniel Roman qarshi jang kutib turibdi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 30-yanvar kuni amaldagi chempion Deniel Roman va IBF (International Boxing Federation World Super Bantam Title)va WBA (World Boxing Association Super World Super Bantam Title) unvonlariga da’vogar Murodjon Ahmadaliyev uchrashadi.

Shaxrama Giyasova va Murodjona Axmadaliyeva torjestvenno vstretili v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda tantanali kutib olindi – foto

Ushbu boks uchrashuvi AQSh Florida shtatining Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joizki, bokschilar aslida 2019-yilning 13-sentabrida uchrashishlari lozim edi. Lekin o‘shanda Deniel Roman chap yelkasi jarohati tufayli jangdan olindi va o‘z unvonlarini himoya qilishdan bosh tortishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev kolumbiyalik bokschi Uilner Soto bilan jang o‘tkazib, uni to‘rtinchi raunddayoq nokautga uchratgani xabar qilingan edi. O‘zbekistonlik bokschi uchun ushbu g‘alaba professional boksdagi yetti g‘alabadan yettinchisi (oltitasida nokaut bilan) bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0