00:09 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
489 0 0

2020 yil 1 fevraldan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchi-oʻquvchilar qoʻshimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev  Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

Farmonga koʻra, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

2020 yil 1 fevraldan:

- Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar byudjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yoʻnalishidan tashqari) qoʻshimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

“Bolalar sport oʻyinlari”ning jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha respublika bosqichi:

- gʻoliblariga (1-oʻrin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha boʻyicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;

- gʻolib va sovrindorlarni (1-3 oʻrin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari 1-oʻrin uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-oʻrin uchun – 4 baravari, 3-oʻrin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;

- maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining gʻolib va sovrindorlarini (1-3 oʻrin) tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va sport taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;

- olimpiya sport turlari boʻyicha respublika (1-oʻrin) va xalqaro musobaqalarda gʻolib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi kafedralar oʻqituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dotsent, professor) toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.

Asosiy mavzular