06:06 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sport
Havola olish
73500

Mazkur jang 29 fevral kuni AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida boʻlib oʻtadi. Madrimovning navbatdagi raqibi tajribali ring faxriysi ekanligi aytilmoqda.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 29 fevral kuni navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchi oʻzining Instagram sahifasida yozib qoldirgan.

Mazkur jang AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida boʻlib oʻtadi. Biroq Madrimov jangni kimga qarshi oʻtkazishiga oydinlik kiritmagan.

fightnews.info nashri xabariga koʻra, Madrimovga 40 yoshli ring faxriysi kolumbiyalik Charlz Navarro raqiblik qiladi. Jang 10 raundga moʻljallangan.

Madrimovning raqibi Navarro professional boksda hozirgacha 38 marotaba ringga koʻtarilgan. Janglarning 29 tasida gʻalabani qoʻlga kiritgan va 22 tasida raqibini nokaut holatiga tushirgan. Shuningdek, u 9 marotaba magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.

Eslatib oʻtamiz, Isroil Madrimov oʻtgan yilning 5 oktyabr kuni meksikalik raqibi Alexandro Barrera yer tishlagan edi.

Asosiy mavzular