20:55 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
45720

Oʻrta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzildi. Uning rahbari etib Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov tayinlandi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Otabek Umarov Oʻrta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylandi. Bu haqda Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Nur-Sultonda Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi kengashi boʻlib oʻtgan. Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi IMMAF (Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi) tarkibiga kiritilgan.

Shuningdek, Oʻrta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov etib tayinlangan.

Vitse-prezidentlari lavozimiga esa Iskander Karim va Valixan Ten tayinlangan.

Qozogʻistonda birinchi marta Aralash yakkakurash boʻyicha Osiyo chempionati 2020 yilning iyun oyida oʻtkazilishi belgilandi.

Asosiy mavzular