Rossiya klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFK "Ufa" zaklyuchil kontrakt s 19-letnim poluzashitnikom sbornoy Uzbekistana
FK Ufa zaklyuchil kontrakt s 19-letnim poluzashitnikom sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Ufa” futbol klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Oston O‘runov bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Rossiyaning “Ufa” futbol klubi O‘zbekiston milliy jamoasining yarim himoyachisi Oston O‘runov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Ufa” futbol klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Oston O‘runov bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi”, - deyilgan xabarda.

Oston O‘runov “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisidir. 2017-yilda “Navbahor” klubi o‘yinchisi bo‘lgan. Futbolchi 2019-yilning iyul oyida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tgan. O‘rinov 2018-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0