00:05 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
383 0 0

Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha yetib kelishdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Oʻzbekistonlik kurashchi Elmurat Tasmuradov beshinchi marta Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor boʻldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha yetib kelishdi.

“Ortiqboyev hal qiluvchi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga hech qanday imkoniyat qoldirmadi”, - deyilgan xabarda.

Shu tariqa Elmurat Tasmuradov Tokio-2020 litsenziati 5 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor boʻldi.

Asosiy mavzular