00:10 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
105 0 0

Veloshosse boʻyicha musobaqada respublikaning barcha hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan kelgan velopoygachilar ishtirok etadi.

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Bugun Boʻstonliqda veloshosse boʻyicha xalqaro turnir boshlandi. Ushbu musobaqada bir qator xorij davlaridan kelgan iqtidorli sportchilar kuch sinashadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Musobaqa 24 - 28 fevral kunlari boʻlib oʻtadi. 25-fevral kuni ushbu musobaqaga rasman start berilib, sportchilar Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hududidan oʻtuvchi aylanma magistral yoʻli boʻylab aylanishadi.

Musobaqada bir qator xorijiy davlatlardan kelgan, shu bilan birga respublikaning barcha hududlaridan veloshosse boʻyicha saralab olingan mahalliy sportchilar qatnashishmoqda.

Bugun musobaqa ishtirokchilari kutib olinib, tadbirga tayyorgarlik koʻrish ishlari yakunlandi.

Xalqaro turnir gʻoliblari medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

 

Asosiy mavzular