04:52 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)
201 0 0

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi aʼzosi Dik Paundning soʻzlariga koʻra, 2020 yilgi Olimpiada taqdirini hal etish uchun hali uch oy bor.

TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi aʼzosi Dik Paund 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi ehtimoli haqida maʼlum qildi.

U bu haqda AP agentligiga bergan intervyusida soʻzlab bergan.

Uning soʻzlariga qaraganda, Olimpiya oʻyinlari  tashkilotchilari may oxiriga qadar koronavirus bilan bogʻliq vaziyat nazorat ostida ekanligini tekshirishlari lozim.

Shu bilan birga Paund sportchilarni Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrishni davom ettirishga chaqirgan.

“Hozircha hammasi Tokioda Olimpiada boʻlishi koʻrsatmoqda, barchasi odatdagidek ketmoqda. Oʻz sport turingizga eʼtibor qarating va XOQ sizni pandemiya sharoitidagi musobaqalarga joʻnatmasligiga ishonchingiz komil boʻlsin”, - dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, Tokiodagi Oʻyinlarda 11 ming kishi ishtirok etishni rejalashtirmoqda, yana 4,4 ming kishi Paralimpiya oʻyinlariga hozirlik koʻrmoqda.

Paund shunga oʻxshash hodisa avval tarixda kuzatilganini eslatib oʻtdi. 1940 yilda Olimpiada Tokioda boʻlib oʻtishi kerak edi, ammo Yaponiyaning Xitoy bilan urushi va Ikkinchi jahon urushi tufayli tadbir bekor qilingan edi.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi aʼzosi Olimpiada-2020 boshqa shaharga koʻchirilishi ehtimoldan uzoq ekanini taʼkidladi.

COVID-2019

Xitoyda nomaʼlum pnevmoniyaning avj olishi oʻtgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020 yil 26 fevral holatiga koʻra uni yuqtirganlar soni 81 ming kishiga yaqinlashgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2764 kishini tashkil qilgan. 30100 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)

Asosiy mavzular