21:53 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
176 0 0

Tokio Olimpiadasi uchun ekipirovkalari boʻyicha xalqaro tanlovda 100 dan ortiq ishtirokchi oʻz loyihalari bilan qatnashgan. Taʼkidlanishicha, sport ekipirovkalariga shaxsan Shavkat Mirziyoyev alohida eʼtibor qaratgan.

TOSHKENT, 27 fev – Sputnik. Toshkentda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun maxsus ishlab chiqarilgan sport ekipirovkalari hamda rasmiy liboslarining taqdimoti oʻtkazildi.

Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020
Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020

MOQ xabariga koʻra, Tokio Olimpiadasi uchun ekipirovkalari boʻyicha xalqaro tanlovda 100 dan ortiq ishtirokchi oʻz loyihalari bilan qatnashgan. Yakunda esa eng saralari tanlab olinib, prezident va hukumat rahbariyatiga taqdimot qilib berilgan.

Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020
Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020

“Tokio-2020 sport ekipirovkalariga shaxsan yurtboshimiz alohida eʼtibor qaratmoqdalar. Shu oʻrinda biz ham bu borada yangicha yondashdik. Misol uchun, ogʻir atletika, taekvondo, eshkak eshish kabi sport turi bilan shugʻullanadigan atletlarimizning tanasi har xil shakllangan. Shu bois ham kiyimlar har bir sport turi boʻyicha maxsus tayyorlanadi. Ayniqsa, para-atletlarimiz uchun ham ularning klassifikatsiyaga qarab kiyim tayyorlanadi”, – dedi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Xolida Xolida Kamilova.

Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020
Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020

“Dizayn mamlakatimiz bayrogʻida aks etgan ranglar asosida tanlandi. Oq rangdan dunyoda koʻp davlatlarda foydalanishadi. Shu bois ham bizning kiyimimiz ajralib turishi uchun oq va yashil ranglarning uygʻunligidan foydalanishga harakat qildik. Bu Olimpiada payti Tokioning issiq va nam iqlimida ancha qulay”, - dedi liboslar dizayneri Elnora Rizayeva.

Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020
Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020

Uning soʻzlariga qaraganda, kiyimlardagi naqshlarda Oʻzbekistonning boy madaniyati aks ettiririlgan.

Rizayeva bu rang va naqshlar islom dinida xam ijobiy maʼno ifodalashini taʼkidladi.

Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020
Prezentatsiya sportivnыx ekipirovok na Tokio-2020

Asosiy mavzular