Isroil Madrimov navbatdagi raqibini yer tishlatdi - video

© Foto: Twitter/IsrailMadrimovIsrail Madrimov dosrochno pobedil Charli Navarro
Israil Madrimov dosrochno pobedil Charli Navarro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Frisko shahridagi boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov venesuelalik raqibi Charli Navarroga qarshi ringga chiqdi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov beshinchi jangida venesuelalik raqibini mag‘lub etdi.

Jang Texas shtatining Frisko shahridagi boks oqshomida bo‘lib o‘tdi. Unda Madrimov venesuelalik raqibi Charli Navarroga qarshi ringga chiqdi. Madrimov 10 raundga mo‘ljallangan jang 6-raunddayoq ustunligini yaqqol namoyish etdi. Madrimov raqibini dastlab nokdaun holatiga tushirdi, so‘ngra esa nokautga uchratdi.

Shu tariqa Madrimov WBA yo‘nalishida WBA Super yoki WBA Regular kamarlari uchun asosiy da’vogarga aylandi va Madrimovning keyingi jangi birinchi o‘rta vazn toifasida chempionlik uchun kechishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0