MOQ Markaziy Osiyo o‘yinlarining qayta tiklanishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaZdanie Natsionalnogo olimpiyskogo komiteta Uzbekistana (NOK)
Zdanie Natsionalnogo olimpiyskogo komiteta Uzbekistana (NOK) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo o‘yinlari musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasining rasman ishtirok etish masalasi Hukumat bilan kelishilgan holda hal etiladi.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Markaziy Osiyo o‘yinlarining qayta tiklanishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, Nur-Sultan shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Eron MOQ bosh kotiblari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda 2021-yildan Markaziy Osiyo o‘yinlarini qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqilgan. Barcha MOQ vakillari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashgan va bu borada o‘z fikrlarini bildirishgan.

“O‘zbekiston tomoni ham mazkur tashabbusni ma’qulladi. Biroq Markaziy Osiyo o‘yinlari musobaqasida delegatsiyamizning rasman ishtirok etish masalasi Hukumatimiz bilan kelishilgan holda hal etiladi”, - deyiladi bayonotda.

Xabarda O‘zbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi masalasiga oydinlik kiritilgach, qo‘mita bu haqda alohida rasmiy bayonot berishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Nur-Sultondagi uchrashuvda 2021-yildan mintaqa mamlakatlari o‘rtasida Markaziy Osiyo o‘yinlari tiklab tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0