20:32 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
407 0 0

Biroz avval Iordaniyada boks boʻyicha litsenzion turnirda bokschi Bobousmon Baturov birinchilardan boʻlib Tokio-2020 yoʻllanmasiga ega chiqqan edi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga ikkinchi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Unga bokschi Sanjar Tursunov ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Iordaniyada boks boʻyicha litsenzion turnir -91 kilogramm vazn toifasida Sanjar Tursunov chorak final jangini oʻtkazdi. Eronlik Tufan Sharifi bilan kechgan bahsda oʻzbek bokschisi toʻliq ustunlik qildi va yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

“Musobaqa reglamentiga koʻra -91 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 4 ta kvota oʻynalmoqda. Demak, yarim final final yoʻllanmasi surxondaryolik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi”, - deyilgan xabarda.

Biroz avval Oʻzbekistonlik bokschi Bobousmon Baturov birinchilardan boʻlib Tokio-2020 yoʻllanmasiga ega chiqqani xabar qilingan edi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyaning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni 16 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga yana 3 nafar bokschi koʻtariladi.

Asosiy mavzular