17:41 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
196 0 0

Koronavirusdan himoyalanish maqsadida Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqish marosimi muxlislarsiz boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. 2 mart kuni Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqish marosimi boʻlib oʻtadi. Koronavirusdan himoyalanish maqsadida ushbu tadbir muxlislarsiz oʻtkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Gretsiya Olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, tadbir Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va Tokio-2020 tashkiliy qoʻmitasi vakillaridan iborat 100 kishilik mehmon bilan oʻtkazilishi rejalashtirgan.

Mashʼala estafetasini odatga koʻra yunon taniqli atletlardan biri boshlab beradi. Bunda qadimgi Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan stadionda alanga olgan mashʼala yunon sportchisi qoʻlidan mezbon tomonga taqdim qilinadi.

Bu safar oʻq otish sporti boʻyicha Rio Olimpiadasi chempioni va sovrindori gretsiyalik Anna Korakaki mazkur vazifani bajaradi. Taʼkidlanishicha, mashʼalaning ayol sportchi tomonidan yoqilishi birinchi marta kuzatiladi.

Shuningdek, ushbu tadbir bilan bogʻliq barcha jarayonlar ham muxlislar ishtirokisiz oʻtadi.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda Gretsiyada 73 nafar insonda koronavirus bilan kasallanganlik holati aniqlangan.

Asosiy mavzular